Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat yuzasidan Putin bilan fikr almashdi

25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston–Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston–Rossiya hamkorligiga doir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari oliy darajadagi muloqotlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ilgari surishni ko‘rib chiqdilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













