Qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari bilan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda fuqaro Sh.Q. va D.T.lar qalbaki kupyuralarni oʻtkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aktsiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.