Rassel Krou "Mumiyo"ning yangi qismida suratga tushishi mumkin


“Oskar” mukofoti laureati Rassel Krou “Mumiyo” filmining yangi variantida Tom Kruz bilan suratga tushishi mumkin. Bu haqda Deadline xabar qildi, deyiladi \"Kun\" nashrida.
Krou bilan muhokamalar endigina boshlangan. Aktyorga doktor Jekil va mister Xayd uslubidagi rollar taklif etildi.
Rassel Krou “Gladiator”, “Tafakkur o‘yinlari”, “Noy”, “Tahqirlangan” kabi filmdagi ijrolari bilan mashhur.
“Mumiyo”ning yangi versiyasi bilan Universal Pictures studiyasi shug‘ullanmoqda. Film 2017 yilning 9 iyunidan boshlab prokatga chiqarilishi rejalashtirilgan. Unda bosh rolni Tom Kruz ijro etadi. Ikkinchi darajali rolni esa raqqosa va aktrisa Sofiya Butella o‘ynaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













