Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi

Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi
Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi

Bir muddat avval Telegram messenjerida xonanda Sardor Rahimxonning vafot etgani haqida asossiz xabarlar tarqatish orqali Telegram-kanallarga yangi obunachilarni to‘plash amaliyoti boshlangan edi, deb yozadi \"Daryo\" nashri.

«O‘zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko‘z yumdi», — degan gapdan so‘ng, «Barcha ma’lumotlar mana bu erda» deb maxsus havola ko‘rsatilgan va uni bosgan foydalanuvchi u yoki bu Telegram-kanalga obuna bo‘lgan.
Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi

Xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali mazkur holatga munosabat bildirdi: «Ramazon oyida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir. Birovga o‘lim tilagandan ko‘ra, o‘ziga umr tilasa bo‘lardi. Azizlar, bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermang. Xudoga shukr, sog‘-salomatman. Alloh bunday insonlarga o‘zi jazo bersin, yaxshisi, insof bersin».
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.