Ra’no Zokirova: Taksi haydovchisining gaplari yuzimga shapaloq tushirilgandek bo‘ldi

Ra’no Zokirova: Taksi haydovchisining gaplari yuzimga shapaloq tushirilgandek bo‘ldi
Раъно Зокирова: Такси ҳайдовчисининг гаплари юзимга шапалоқ туширилгандек бўлди

“Vodiylik kelin”, “Shaytanat”, “Yodgor” kabi 20 dan ortiq filmlardagi takrorlanmas obrazlari bilan xalq mehrini qozongan samimiy aktrisa Ra’no Zokirova salomatlik va ayollar go‘zalligi borasidagi fikrlarini “Shifo-info” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi \"Darakchi\" nashri.

Xususan, aktrisa hayotidagi unutilmas saboq haqida quyidagilarni so‘zlab berdi:

“O‘n yilcha avval kechki payt teatrdan nihoyatda charchab kelyapman. Taksi ushladim-u, tezroq uyga borib, dam olgim kelyapti. Shu payt haydovchi nuqul savollar berib, har xil narsalarni so‘rayapti. Manzilga etib kelgach, kira haqini uzatganimda, ‘Yo‘q, rahmat, Sizdan pul olmayman! Shu paytgacha barcha filmlaringizni tomosha qilib, oilaviy muxlislik qilar edik. Biroq hayotda umuman boshqacha ekansiz...’, desa bo‘ladimi? Uning tanbehi xuddi siz zaharga yaqinroq ekansiz, degan mazmunda tuyuldi. Uning gaplari yuzimga shapaloq tushirilgandek bo‘ldi. Bu menga juda qattiq ta’sir qildi. O‘sha voqea hanuzgacha xotiramda, qalbimda qolgan. To‘g‘ri, o‘shanda u muxlis bo‘lgani uchun juda bir samimiy savollarni yog‘dirgan edi. Lekin men ham tirik jonman. Mazam bo‘lmay, kayfiyatsizligimdan yoqimsiz javob bergandirman-da. Endi u qachon meni ekranda ko‘rsa, albatta xotirasida mening qo‘rsligim muhrlanib qolgan. Mana shu holat menga katta dars, saboq bo‘lgan”.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.