Ozarbayjonda o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonlik ijrochilar sovrindor bo‘lishdi

Ozarbayjonda o‘tkazilgan Xalqaro mug‘om festivalida o‘zbekistonlik ijrochilar sovrindor bo‘lishdi
\"\"
Mohichehra Shomurodova
Foto: Husniddin Ato

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan VI mug‘om festivalida o‘zbekistonlik xonanda Gran-pri sohibi bo‘ldi. Bu haqda festivalda ishtirok etayotgan fotorassom Husniddin Ato xabar bermoqda.

Festival 18—25-iyun kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tgan. Unda Turkiya, O‘zbekiston, Eron, Isroil va Ozarbayjondan 22 nafar sozanda va xonanda ishtirok etgan.

Festival nizomiga ko‘ra g‘oliblarga jami 100 ming yevro mukofot belgilangan:

Tanlovda xonandalik yo‘nalishida:

Gran-pri: Mohichehra Shomurodova — O‘zbekiston (20 ming yevro);

1. Mirali Sarizada — Ozarbayjon (15 ming yevro);

2. Dashqin Kurchali — Ozarbayjon (10 ming yevro);

3. Do‘stmurod Negmurodov — O‘zbekiston (5 ming yevro);

Sozandalik yo‘nalishida:

Gran-pri: Vaqif Tahmazov — Ozarbayjon (20 ming yevro);

1. Anar Valizoda — Ozarbayjon (15 ming yevro);

2. Shohjahon Yoriyev — O‘zbekiston (10 ming yevro)

3. Jahandar Mikailov — Ozarbayjon (5 ming yevro) bilan mukofotlandi.

\"\"
Do‘stmurod Negmurodov
Foto: Husniddin Ato
\"\"
Shohjahon Yoriyev
Foto: Husniddin Ato

Maʼlumot uchun, festivalda fotorassom Husniddin Atoning “Mug‘om ijrochilari” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasi namoyish etildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.