Buxoro shahri zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi

Buxoro shahri zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi

5 sentyabrdan 20 noyabrgacha ilk Buxoro biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu katta tadbir bizning boy tariximiz, an’analarimiz va asrab-ardoqlab kelayotgan hunarmandchiligimiz namoyon bo‘ladigan noyob manzildir, deb yozdi ayni paytda Buxoro shahrida bo‘lib turgan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Milliy g‘ururimiz va davlatchiligimiz tayanchi bo‘lgan Buxoro ilk biyennalesi — zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qilmoqda.
Buxoro shahri zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi
Birinchi Buxoro biyennalesi bu — bizning boy tariximiz, an’analarimiz va asrab-ardoqlab kelayotgan hunarmandchiligimiz namoyon bo‘ladigan noyob manzildir.

Rassom va hunarmandlar, oshpaz va shoirlar qadimiy obidalarni navo, nafosat va milliy qadriyatlar ruhi bilan to‘ldirmoqda.
Buxoro shahri zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi
Ushbu yirik tadbir jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otib, san’atni qadrlovchi va teran his qiluvchi makon sifatida yurtimiz mavqeyini yanada oshiryapti hamda eng iste’dodli ijodkorlarni jalb etyapti.

Bu kabi nufuzli, xalqaro ahamiyatga molik loyihalar orqali O‘zbekiston o‘ziga xos brendga, cheksiz ijod va ilhom maskaniga aylanib borayotgani shubhasiz, degan Saida Mirziyoyeva.
Buxoro shahri zamonaviy va amaliy san’at ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi
Ma’lumot uchun, shu yil 5 sentyabrdan 20 noyabrgacha ilk Buxoro biyennalesi anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbir dasturidan yetakchi zamonaviy rassomlar bilan suhbatlar, har to‘lin oy to‘lishi arafasida musiqiy chiqishlar, bosh oshpazlar uchrashuvlari, hunarmandlar rahbarligidagi mahorat darslari, san’at tarixi simpoziumi, she’riy dastur va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin oladi. Tadbirda Diana Kempbell, Laylo Gohar, Subodh Gupta, Karsten Hoyeller, Jeong Kvan, Yelena Reygadas va Tavares Strahan kabi xalqaro ishtirokchilar qatnashadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.