Neslixan Atagul: Turk seriallarining noyob yulduzi

Neslixan Atagul: Turk seriallarining noyob yulduzi

Neslixan Atagul bugungi kunda Turkiya kino va teleserial olamining eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi. U 1992 yil, 20 avgustda Istanbulda tug‘ilgan va yoshligidanoq san’atga qiziqqan.

Aktrisaning katta omadli loyihasi – “Qara Sevda” (“Endless Love”) seriali bo‘lib, u xalqaro miqyosda ham millionlab muxlislar qalbini zabt etdi. Bu serial unga nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda tanilish imkonini berdi.

Neslixanning ijodiy yo‘li 2006 yilda “İlk Aşk” filmi bilan boshlangan. Keyinchalik u “Fatix Harbiyo”, “Hayot yo‘li”, “Sefirin qizi” kabi mashhur seriallarda ishtirok etdi.

Uning samimiy ijrosi, kuchli emotsional energiyasi va tabiiy go‘zalligi muxlislarini o‘ziga rom etadi. Shu bois Neslixan Turkiyada nafaqat aktrisa, balki yosh avlod uchun ilhom manbai sifatida ham qadrlanadi.

Neslixan Atagul: Turk seriallarining noyob yulduzi

Neslixan 2016 yilda aktyor Qadir Dog‘uluga turmushga chiqqan va ularning oilaviy hayoti ham ommaviy axborot vositalari diqqat markazida. Neslixan Atagulning 1 nafar bolasi bor — o‘g‘li (Aziz) 2025 yilda tug‘ilgan.

Neslixan Atagul haqiqatan ham o‘z iste’dodi va mehnati bilan butun dunyoda mashhur bo‘lgan turk yulduzlaridan biridir.

Neslixan Atagul: Turk seriallarining noyob yulduzi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.