“Hech omadim kelmadi”: Jaloliddin Ahmadaliyevning yangi taronasi muxlislarga manzur bo‘ldi (audio)

“Hech omadim kelmadi”: Jaloliddin Ahmadaliyevning yangi taronasi muxlislarga manzur bo‘ldi (audio)

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev 9 yanvar kuni navbatdagi yangi qo‘shig‘ining premyerasini taqdim etdi. “Hech omadim kelmadi” deb nomlangan ushbu tarona qisqa fursat ichida muxlislar e’tiborini tortdi.

Garchi qo‘shiq uchun hozircha videoklip ishlanmagan bo‘lsa-da, u tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar qo‘shiqning mazmuni, ohangi va xonandaning ijrosini yuqori baholab, ko‘plab ijobiy fikr va samimiy izohlar qoldirishdi.

Yangi tarona Jaloliddin Ahmadaliyev ijodini sevuvchi muxlislar uchun yana bir yoqimli yangilik bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.