Ulug‘bek Yulchiyev qaysi xonandalarga she’r yozib bergan? (video)

Ulug‘bek Yulchiyev qaysi xonandalarga she’r yozib bergan? (video)

Xonanda Ulug‘bek Yulchiyev “YashinTV”ga bergan intervyusida ijodining yana bir qirrasini ochib berdi. U nafaqat xonanda, balki she’r yozish bilan ham shug‘ullanishini, shu paytga qadar bir qator mashhur san’atkorlar uchun qo‘shiq matnlari yozib berganini ma’lum qildi.

Intervyu davomida undan:

“Jasur Umirov, Hamdam Sobirov va Bahrom Nazarovga ham she’r yozib berganingizni bilamiz. Yana qaysi ijodkorlar bilan hamkorlik qilgansiz?” — deya so‘raldi.

Bu savolga javoban xonanda quyidagilarni ta’kidladi:

“Ha, Bahrom aka uchun so‘nggi \'Olcha guli\' qo‘shig‘iga she’r yozganman. Shuningdek, Botir Qodirovga \'Sevgisi yolg‘onim\', Jahongir Foziljonovga esa \'Jadidlarim\' nomli qo‘shiq matnlarini taqdim etganman”, — dedi Ulug‘bek Yulchiyev.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.