G‘aybulla Tursunov konsertida o‘zgacha tarzda kirib keldi(video)

G‘aybulla Tursunov konsertida o‘zgacha tarzda kirib keldi(video)

Taniqli xonanda G‘aybulla Tursunov o‘zining konsert dasturida muxlislarini kutilmagan chiqishi bilan hayratda qoldirdi. U Xalqlar do‘stligi saroyida bo‘lib o‘tgan konsertda sahnaga odatdagidek sahna tomondan emas, balki balkon tomondan kirib keldi.

Zalda o‘tirgan muxlislar uchun bu holat haqiqiy syurprizga aylandi. Xonandaning balkondan tushib kelishi konsertga yanada jonli muhit va o‘ziga xos shou kayfiyati bag‘ishladi.



Tomoshabinlar bu noodatiy chiqishni olqishlar bilan kutib oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur lavha tez tarqalib, muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan muhokama qilinmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.