Amira Alibekova taxallusini qaytarib oldi

Amira Alibekova taxallusini qaytarib oldi
Qariyb 5 yil avval “Sensiz” nomli taronasi bilan ko‘plab muxlislar qalbiga kirib borgan Amira Alibekova so‘nggi vaqtda shou-biznes olamida, ya’ni turli tadbirlarda, konsertlarda, yig‘ilishlarda ko‘rinmay qolgandi. Uni sog‘ingan muxlislar uchun bugun ajoyib yangilikni taqdim etish istagidamiz.

Bir necha oy oldin avvalgi prodyuserlik markazi bilan shartnomasi tugagani tufayli ijodida bir muddat tanaffus qilgan xonanda Amira Alibekova taxallusini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Amira Alibekova o‘zining yangi taronasini taqdim etadi. Bu taronaga yaqin kunlarda videoklip ham suratga olish rejalashirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.