Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Sayidumarning tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Sayidumarning tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

Aktrisa Zarina Nizomiddinova kichik o‘g‘li Sayidumarning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Sayidumar 22-mart kuni 6 yoshga to‘ldi va bu sana oila davrasida quvonch bilan qarshi olindi.

Aktrisa o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida o‘g‘liga bag‘ishlab samimiy tabrik qoldirdi. Unda shunday deyiladi: “6-yil oldin ikkinchi bor ona bo‘ldim. Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin bolajonim. Sizga sihat-salomatlik, uzoq va mazmunli umr tilayman”.

Muxlislar ham aktrisaning ushbu postiga befarq qolmay, izohlarda Sayidumarni tabriklab, unga ezgu tilaklar bildirishmoqda. Bu esa oilaviy quvonchni yanada iliq muhitda o‘tishini ta’minlamoqda.

Zarina Nizomiddinova o‘g‘li Sayidumarning tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.