Davron Ergashev san’atkorlar uchun soliq masalasida qat’iy fikr bildirdi

O‘zbek xonandasi Davron Ergashev san’atkorlarning daromadi va soliq masalasiga o‘z munosabatini bildirib, bu borada alohida yengilliklar berilishi to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.
Uning fikricha, san’at vakillari to‘ylar va turli tadbirlarda qisqa vaqt ichida yaxshi daromad topadi va buni yashirishga hojat yo‘q. Xonanda bu masalada ochiq va adolatli yondashuv bo‘lishi kerakligini qayd etdi.
“Ba’zida 15–20 daqiqa sahnaga chiqib, aytgan gonorarimizni olamiz. Oddiy odamlar esa bir oy ishlab 500–600 dollar topadi. Shunday ekan, nega biz soliq to‘lamasligimiz kerak?” — deya fikr bildirdi u.
Shuningdek, Davron Ergashev boshqa kasb egalari — bozorchilar, tadbirkorlar va mehnat qilayotgan fuqarolar muntazam ravishda soliq to‘layotganini eslatib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, san’atkorlar ham jamiyatning bir qismi sifatida bu majburiyatdan chetda qolmasligi lozim.













