Shahlo Salayeva va Veysel Dulger rasman oila qurishganini e'lon qildi!

Xonanda Shahlo Salayeva shaxsiy hayotidagi muhim yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali turmush qurayotganini ma’lum qilib, samimiy izoh qoldirdi.
San’atkor 4 aprel sanasini alohida qayd etib, endilikda turmush o‘rtog‘i bilan bir oila bo‘lganini bildirdi. U o‘z murojaatida sevgi, hurmat va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik izhor etib, hayotidagi bu insonni “mo‘jiza” va “haqiqat” deb atadi.
Shahlo Salayeva yozgan satrlarida turmush o‘rtog‘ining unga bergan e’tibori, mehr-muhabbati va qiyin vaziyatlarda ko‘rsatgan yordamini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u chinakam oila qanday bo‘lishini his qildirgani uchun ham rahmat aytdi.
Xonandaning ushbu xabari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Muxlislar uni samimiy tabriklab, baxt va totuvlik tilab izohlar qoldirmoqda.













