O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi

O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi
O‘zbekistonning «Manzur» ansambli shu yilning 14 martidan 2 apreliga qadar Estoniya, Finlyandiya va Latviya davlatlarida ijodiy safarda bo‘lib qaytdi. Bu haqda loyiha tashkilotchilaridan biri bo‘lgan OXUS Culture tashkiloti rahbari Husniddin Ato «Daryo»ga ma’lum qildi.
O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi
Ansambl Boltiq mamlakatlarining Vilyandi, Paide, Saue, Kurasara, Narva, Xyuma, Alaskivi, Voru, Tallin, Xelsinki va Riga shaharlarida konsertlar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish bilan birga, Finlyandiya, Latviya va Estoniyada nishonlangan Navro‘z tantanalarida maxsus ijodiy dasturlar bilan ishtirok etdi.
O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi
Safarning eng yuqori nuqtasi esa Estoniyaning Xyuma orolida hamda Pepsi ko‘li yaqinida joylashgan Alaskivi qasrida bo‘lib o‘tdi. Kechada ansambl tomonidan ijro etilgan «Shoshmaqom», Buxoro hududiga xos hamda xalq va bastakorlik asarlari, shuningdek, mohir oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tayyorlangan milliy taomlar mehmonlarni lol qoldirdi.
O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi
Ushbu konsert safari Pro Logistic Services kompaniyasi homiyligida tashkil etilib, Estoniyaning MUUILMAMUUSIKA tashkiloti hamda O‘zbekistonning OXUS Culture tashkiloti hamkorligidagi uchinchi konsert loyihasi hisoblanadi.
O‘zbekistonning «Manzur» ansambli Boltiqbo‘yi aholisini lol qoldirdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.