O‘zbekiston Gollivud kinorejissyorlarini jalb qilmoqchi

O‘zbekiston Gollivud kinorejissyorlarini jalb qilmoqchi

Kann kinofestivali doirasidagi yirik kinobozorda O‘zbekiston ilk bor 25 foizlik Rebate va Global Country Placement dasturlarini e’lon qildi. Endi xorijlik kinoijodkorlar O‘zbekistonda film olsa, xarajatining 25 foizini davlat qoplab beradi.

Shu sabab yirik kino kompaniyalari va prodyuserlar O‘zbekistonga faol qiziqish bildira boshladi. Fransiyalik rejissyor Kventin Klosan Surxondaryoda fantastik film suratga olishni rejalashtirayotganini aytdi. Italiyalik ijodkorlar esa Boybuloq g‘orida Amazon Prime uchun hujjatli film ishlash niyatida. Britaniyalik va yaponiyalik prodyuserlar ham O‘zbekistonda yangi loyihalar qilishga qiziqish bildirdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Variety, Deadline Hollywood va boshqa mashhur kino platformalari vakillari bilan ham uchrashdi. Mutaxassislarning aytishicha, bunday dasturlar kino orqali turizmni ham kuchaytiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.