Jenisbek Piyazov va Ozoda Nursaidova o‘rtasidagi “janjal” aslida prankmidi?

Jenisbek Piyazov va Ozoda Nursaidova o‘rtasidagi “janjal” aslida prankmidi?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan Jenisbek Piyazov va Ozoda Nursaidova o‘rtasidagi “janjal” aslida prank ekani ma’lum bo‘ldi. San’atkorlar tarqalgan videolar ortidan holatga oydinlik kiritishdi.

Tarqalgan lavhalarda Jenisbek Piyazov Ozoda Nursaidovaning konsertiga gullar bilan kirib borgani aks etgan. Shundan so‘ng u muxlislarga prank uyushtirilganini aytib, ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvga izoh berdi.

“Hurmatli prankchilar, biz xalq artistlarining bunaqa narsalar qo‘lidan kelmaydi deb o‘ylamanglar. Bu eng osoni. Bizga Oskar berish kerak, hamma ishondi, dadam ham telefon qilyapti”, — dedi xonanda hazil aralash tarzda.

Jenisbek Piyazovning aytishicha, ular aslida muxlislarga san’atdagi haqiqiy mehnat nimaligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. U 10 kun davomida jonli ijroda, orkestr bilan tik oyoqda konsert berish har kimning ham qo‘lidan kelmasligini ta’kidlagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.