Ozoda Nursaidova 35 yil deganda ilk bor singil haqida qoʻshiq kuyladi

Xonanda Ozoda Nursaidova 35 yillik ijodiy faoliyati davomida ilk bor singlisi haqida qo‘shiq ijro etdi. Bu holat muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Savol-javob jarayonida xonandadan “Singlingiz haqida ilk bor qo‘shiq kuyladingiz. Bu g‘oya qanday paydo bo‘ldi?” deya so‘raldi. U esa singlisini ko‘rsatgan holda samimiy javob berdi.
“Bunga qancha qo‘shiq aytsam ham kam. Men ilgari hech qachon singil haqida qo‘shiq kuylamaganman. Lekin bu uni yaxshi ko‘rmayman degani emas. Aksincha, uni juda yaxshi ko‘raman. Bu qo‘shig‘im — mehrimning mingdan bir ifodasi, xolos. Singlim men uchun bebaho inson”, — deya ta’kidladi xonanda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ijro oddiy qo‘shiq emas, balki qalbdagi eng samimiy tuyg‘ularning ifodasidir. Muxlislar esa bu chiqishni xonandaning eng hissiy va shaxsiy ijrolaridan biri sifatida baholashmoqda.













