Ozoda Nursaidovaga muxlisi tomonidan noodatiy sovg‘a taqdim etildi

Ozoda Nursaidovaga muxlisi tomonidan noodatiy sovg‘a taqdim etildi

Ozoda Nursaidova konsert dasturi davomida muxlislaridan biri unga maxsus chizilgan portretni sovg‘a qildi. Bu kutilmagan va samimiy sovg‘a xonandaga juda yoqib, u o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Mazkur lahzani portret muallifi bo‘lgan yigit o‘zining Instagram sahifasida ham bo‘lishdi. U videoga izoh sifatida sovg‘a ortidagi niyatini ochiq bayon qildi.

Uning yozishicha, bu video mashhurlik uchun emas, balki samimiy hurmat ifodasi sifatida tayyorlangan. Yigit ushbu video ostiga: \"Bu videoni “piar” qilib lentada aylanish uchun tayyorlamadim. Iltimos, bunday tushunmang. Nima uchun aynan rasm sovg‘a qildingiz? — deb ko‘pchilik savol berdi. Ozoda Nursaidova intervyularidan birida uylaridagi muxlislar tomonidan sovg‘a qilingan rasmlarni ko‘rsatgan edi. Ular har bir davrga oid rasmlar edi. Men hozirgi imijlarini, ya’ni yangi Ozoda Nursaidovaning rasmlarini chizdirishni juda xohladim va ko‘plab rassomlar bilan muloqot qildim. Aynan o‘sha oq libosdagi rasmlarini chizdirishni xohladim. Ko‘pchilik bunday nafis ko‘ylakni chizib berolmaymiz deb aytishdi, lekin men baribir to‘xtamadim. Oxir-oqibat topilmagach, vodiylik rassom akaga buyurtma berdim. Men xohlaganimdan ham chiroyli qilib chizib berishdi! Ozoda Nursaidova iliq qarshi oldilar! Juda xursandman!”, deya yozib qoldirdi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham ijobiy aks-sado berib, ko‘plab foydalanuvchilar muxlis va san’atkor o‘rtasidagi bunday samimiy munosabatlarni olqishlashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.