“Ummon” 10 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytdi

“Ummon” 10 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytdi

\"Ummon\" guruhi 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta sahnaga qaytdi. 19 may kuni Humo Arenada o‘tkazilgan yirik konsert dasturi muxlislar uchun haqiqiy unutilmas kechaga aylandi.

Kechada guruh o‘zining eng mashhur qo‘shiqlarini jonli ijroda taqdim etib, tomoshabinlarga nostalgiya va kuchli hissiyotlarni ulashdi. Zal to‘la muxlislar har bir ijroni katta hayajon va qarsaklar bilan qarshi oldi.

Guruh a’zolari sahnada so‘zga chiqib, qaytishlari oson bo‘lmaganini ta’kidladilar. Ularning aytishicha, bu qaror mashhurlik yoki trend uchun emas, balki muxlislar uchun qabul qilingan.

“Biz 10 yillik tanaffusdan so‘ng qaytdik. Bu oson bo‘lmadi. Mashhurlik yoki trend uchun emas, muxlislarimiz uchun qaytdik. Ichimizda qolib ketgan gaplar va xotiralar uchun qaytdik”, — deya guruh a’zolari samimiy fikr bildirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.