Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)

Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
Amerikaning Forbes jurnali dunyoda eng ko‘p haq oladigan mashhurlar reytingini tuzdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Aktyorlar orasida Mark Uolberg etakchilik qilmoqda. Reytingda musiqachilar, sportchilar hamda yozuvchilar ishtirok etdi. Top-3 likdan tadbirkor Shon Kombs (130 million dollar), qo‘shiqchi Beyonse (105 million dollar) hamda yozuvchi Joan Rouling (95 million dollar) joy egalladi.

Mark Uolberg (68 million dollar)
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
«Oskar» mukofotiga ikki karra nomzod, eng ko‘p haq oladigan aktyorlarning o‘tgan yilgi reytingida o‘ninchi pog‘onadan joy olgan Markka bu yil omad kulib boqdi. Uolberg ishtirokidagi filmlar jahon kinoprokatida 5,3 milliard dollar to‘pladi.

Dueyn Jonson (65 million dollar)
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
Forbes’ning o‘tgan yilgi reytingida birinchilikni egallagan Jonsonning bu yildagi daromadining asosiy qismini «Forsaj 8» hamda «Jumanji» filmlari uchun olgan gonorari tashkil etdi.

Vin Dizel (54,5 million dollar)
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
Dueyn Jonsondan keyingi o‘rinda o‘tgan yili oltinchi pog‘onani egallagan Vin Dizel band etdi. Unga bu yilda «Forsaj 8», «Galaktika qo‘riqchilari 2» hamda «XXX: Jahon hokimiyati» filmlari yaxshigina daromad keltirdi.

Adam Sendler (50,5 million dollar)
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
Saturday Night Live Show yulduzi o‘zining hozirgi darajasi uchun Netflix servisiga minnatdorchilik bildirishi kerak, chunki u servisdan hamkorligi uchun 25 million dollar olgan. «Barchasi yangicha» va «Sendi Ueksler» komediyalari tomoshabinlar orasida yaxshigina ommalashdi.

Cheki Jan (49 million dollar)
Forbes eng ko‘p haq oladigan aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi (foto)
Jeki Channing so‘nggi ishlaridan bo‘lgan «Temiryo‘l yo‘lbarslari» va «Xudoning qurol-aslahalari: Xazina qidirib» filmlari unga yanada mashhurlik va daromad keltirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.