“O‘zbekkonsert” 4 nafar mashhur xonandaning lisenziyasini olib qo‘ydi

“O‘zbekkonsert” 4 nafar mashhur xonandaning lisenziyasini olib qo‘ydi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi shou-biznes vakillarining lisenziyalarini olib qo‘yishda davom etmoqda. Bu safar birato‘la 4 nafar mashhur san’atkorlarning lisenziyasi tugatildi.

Lisenziatlar Tohir Sodiqov, Aziza Niyozmetova, Sharof Muqimov va Sherali Bekmurodov bilan tuzilgan lisenziya bitimining 4.2.-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilgani sababli ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarori bilan tasdiqlangan nizomning 17-bandiga asosan 2017 yil 11 iyuldan tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonandalar Shahnoza Otaboyeva va Dilmurod Sultonovning lisenziyalari ham tugatilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.