Prezident uch dunyo yulduzini O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qilyapti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘zbekistonlik san’at shinavandalariga ajoyib Yangi yil yil sovg‘asi hozirlandi. Yangi yil arafasida 3 nafar jahon musiqa san’ati yulduzlari poytaxt Toshkentdagi muhtasham san’at saroylarida konsert dasturini taqdim etadi.
15 dekabr kuni \"O‘zbekiston\" xalqaro anjumanlar saroyida Britaniya pop-musiqa san’ati yulduzi Robbi Uilyams konsert dasturini taqdim etadi. E’tiborli jihati shundaki, Robbi Uilyams O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda.
17 dekabr kuni soat \"O‘zbekiston\" xalqaro anjumanlar saroyida ispaniyalik taniqli tenor Xose Karreras O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konsert beradi. Darvoqe, Xose Karreras O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurmoqda.
Uchinchi mehmon esa hozircha sir tutilmoqda. Uning konserti 28 dekabr kuni soat 19:00 da \"Istiqlol\" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Biroq bu xonandaning O‘zbekistonga tashrifi haqiqatan ham katta shov-shuv bo‘lishi aniq. Sizningcha uchinchi dunyo yulduzi kim?
Darvoqe, konsert chiptalarining ko‘p qismi, musiqa yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga bepul berilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!15 dekabr kuni \"O‘zbekiston\" xalqaro anjumanlar saroyida Britaniya pop-musiqa san’ati yulduzi Robbi Uilyams konsert dasturini taqdim etadi. E’tiborli jihati shundaki, Robbi Uilyams O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda.
17 dekabr kuni soat \"O‘zbekiston\" xalqaro anjumanlar saroyida ispaniyalik taniqli tenor Xose Karreras O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konsert beradi. Darvoqe, Xose Karreras O‘zbekistonga ikkinchi bor tashrif buyurmoqda.
Uchinchi mehmon esa hozircha sir tutilmoqda. Uning konserti 28 dekabr kuni soat 19:00 da \"Istiqlol\" san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Biroq bu xonandaning O‘zbekistonga tashrifi haqiqatan ham katta shov-shuv bo‘lishi aniq. Sizningcha uchinchi dunyo yulduzi kim?
Darvoqe, konsert chiptalarining ko‘p qismi, musiqa yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalarga bepul berilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













