Xayrullo Hamidov she’ri: "O‘rgandim"

Xayrullo Hamidov she’ri: "O‘rgandim"
Ko‘k taftiga bo‘ylamoqni
Minorlardan o‘rgandim,
Mangulikni o‘ylamoqni
Chinorlardan o‘rgandim.

Bag‘ri dilim qonga to‘lsa,
Tishlarimni jim bosdim,
Dardlarimni jamlamoqni
Anorlardan o‘rgandim.

Ummonlarga ko‘milgan dur
Shuvillaydi, bilmaymiz,
Har sirini fosh etmakni
Anhorlardan o‘rgandim.

Zulmatlarda qolsam hamki
Tongni kutdim sog‘inib,
Gullamakni qishni yenggan
Bahorlardan o‘rgandim.

Dard qo‘zg‘asa, tabiblarga
Bormakdin chora qayda –
Salomatlik sirlarini
Bemorlardan o‘rgandim.

Yulduzlarning raqsin ko‘rmas
Tun qo‘ynida uxlar zot,
Tavajjuh ruhiyatini
Bedorlardan o‘rgandim.

Xayrullo der, baxt o‘tkinchi,
Sinovlar dars berguvchi,
Shodlikka eltar saboqni
Ozorlardan o‘rgandim.

Manba: Azon.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.