Maksim Galkin Alla Pugachyovaning “tabiiy” suratini joyladi, u bahslarga sabab bo‘ldi

Maksim Galkin Alla Pugachyovaning “tabiiy” suratini joyladi, u bahslarga sabab bo‘ldi
Instagram foydalanuvchilari rossiyalik estrada artisti Maksim Galkin tomonidan e’lon qilingan o‘z rafiqasi — 69 yoshli SSSR xalq artisti Alla Pugachyovaning fotosuratini qizg‘in muhokama qilmoqda, deb yozadi “Daryo”.

Galkinning o‘zi suratda hech qanday filtrlardan va fotoshoplardan foydalanmaganini qayd etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Pugachyovani har kuni shunday tabiiy holatda ko‘radi va shu holicha sevadi.

Fotosurat turli fikrlarni keltirib chiqardi. Ba’zilar Alla Borisovna ich-ichidan go‘zal ayol ekanligini, u baxtdan porlayotganligini yozgan bo‘lsa, boshqalar bunday suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylab bo‘lmasligini, uni ko‘rganidan esa pushaymon ekanligini qayd etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.