O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)

O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)

O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
O‘zbekiston delegatsiyasi Berlin xalqaro kinofestivali doirasida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon kinosanoati vakillari uchun eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Yevropa kinobozorida birinchi marta o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etmoqda.
O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
Xalqaro kinofestivalda o‘zbekistonlik tajribali va yosh kino mutaxassislar xorijning nufuzli kinokompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Mazkur muzokaralar Turkiya, Fransiya, Italiya, Ukraina, Ispaniya, Misr va Buyuk Britaniya mamlakatlari vakillari bilan o‘tkazilmoqda.
O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
Ayni paytda kinofestivalda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasini Xalqaro kinokomissiyalar assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish masalasi ko‘rib chiqilyapti. «Scorpion» filmi esa Buyuk Britaniyaning pavilonida sotilmoqda.
O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
Shuningdek, O‘zbekistonda an’anaviy o‘tkazilayotgan PROlogue kinofestivali taqdimotlari ham davom etmoqda.
O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
Kinofestivalda ishtirok etgan hindistonlik aktyor Rangvir Sinh o‘zbek kinosidan takliflar bo‘lsa, bajonidil qabul qilib, o‘zbek aktyorlari bilan birga rol o‘ynash niyati borligini ta’kidlagan.
O‘zbek kinosanoati Yevropa kinobozorida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi (foto)
Delegatlar jahon kinosanoati vakillari bilan O‘zbekiston ishtirokida qo‘shma kinoloyihalar qilish hamda xorij kinokompaniyalarini yurtimizga filmlar suratga olish uchun taklif etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu pavilonni tashkillashtirishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi yaqindan ko‘maklashdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.