Alisher Uzoqov turk aktyori Burak O‘zchivitning mahorati haqida: «Burak aktyor emas!» (video)

Alisher Uzoqov turk aktyori Burak O‘zchivitning mahorati haqida: «Burak aktyor emas!» (video)
Foto: Instagram /@alisheruzakov_official
Aktyor, rejissyor, boshlovchi Alisher Uzoqov «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida Alisher Uzoqov turk aktyori Burak O‘zchivitning aktyorlik mahorati haqida gapirdi.

Kann Urganjio‘g‘li Burak O‘zchivitdan ancha yaxshi aktyor. Uning rollaridan ko‘rinib turibdiki, Rustam aka Kanni ‘Baron-2’ ga bekorga chaqirmagan. Burak keldi, u bilan gaplashyapmiz, meni umuman tushunmayapti. U aktyor emas! ‘Aktyorlik sen uchun nima? Rol ijro qilsang nimani his qilasan’, desam, ‘Muxlislarim, fanatlarim’ dan boshqasiga o‘tolmayapti. U aktyor emas, faqat chiroyli yigit, mahorati bor inson. U nimanidir his qilib o‘ynashni, nimanidir his qilib, kasal bo‘lib qolishni bilmaydi.

Alisher Uzoqov, aktyor va rejissyor
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.