Fox telekanali "Qamoqdan qochish" filmining yangi mavsumi suratga olinishi haqida ma’lum qildi

Fox telekanali "Qamoqdan qochish" filmining yangi mavsumi suratga olinishi haqida ma’lum qildi
Fox telekanali "Qamoqdan qochish" filmining yangi mavsumi suratga olinishi haqida ma’lum qildi

\"Qamoqdan qochish\" serialining beshinchi mavsumini suratga olish ishlari boshlanadi. Ijodkorla 2009 yilda bu film ustidagi ishlarni to‘xtatishgandi. Lekin filmga bo‘lgan katta qiziqish va talab saqlab qolingani Fox kinostudiyasini filmning yangi mavsumini suratga olish ishlarini boshlashga undamoqda. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

\"Qamoqdan qochish\" filmining yangi mavsumi 9 qismdan iborat bo‘lishi va bir necha davlatlar hududi bo‘ylab suratga olinishi mo‘ljallangan. Avvalgi qismlarda asosiy qahramonlardan birining o‘limi yuz berganiga qaramasdan, uni hayotga qaytarish va’da qilingan.

Xabarda aytilishicha, bosh rol ijrochilari ham, ssenariy muallifi hamda loyihaning boshqa ijodkorlari ham filmning avvalgi mavsumlarida ishlagan shaxslar bo‘lishadi.

Bundan tashqari, Fox studiyasi \"24 soat\" serialining navbatdagi qismlarini namoyish etishni va’da qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.