“Kecha va kunduz” romani ingliz tilida nashr etildi

“Kecha va kunduz” romani ingliz tilida nashr etildi
Eʼtiborli jihati Choʻlpon asari tarjimoni tarjimon va noshir amerikalik.

Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon oʻzining qisqa umri davomida oʻzbek adabiyotining durdona asarlarini yaratishga ulgurgan ijodkordir. Ayniqsa uning “Kecha va kunduz” romani sevib oʻqiladi, muntazam nashr etiladi.

Amerikalik yosh tarjimon Kristofer Fort oʻzbek adibi Choʻlponning “Kecha va kunduz” romanini ingliz tiliga oʻgirgan edi. Tarjimonning bugun maʼlum qilishicha, ushbu kitob AQSHda nashrdan chiqqan. Fort nishona sonini (suratda) olganini aytib, keyingi haftadan Amazon orqali sotuvga qoʻyilishini taʼkidlagan. Shuningdek, tarjimon Oʻzbekistonda unga yordam bergan bir qator tanishlariga minnatdorlik bildirgan.
“Kecha va kunduz” romani ingliz tilida nashr etildi
Kristofer For

Kristofer Fort oʻzbek tili, tarixi va madaniyatining bilimdoni hisoblanadi. Amerikalik tadqiqotchi Choʻlpon romanini ingliz tiliga oʻgirishga 2015-yili kirishgan. Orada Oʻzbekistonga bir necha marta sayohat qilgan, ijodkorlar bilan tanishgan. U maʼlum muddat Oʻzbekistonda yashagan va yurtimizga muntazam kelib turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.