Anfisa Chexova hamkasblarini ikkiyuzlamachilikda aybladi

Anfisa Chexova hamkasblarini ikkiyuzlamachilikda aybladi
Teleboshlovchi Anfisa Chexova har doim muxlislari bilan ochiqchasiga gaplashgan va o‘z fikrlarini aytib kelgan. Kutilmaganda Chexova ijtimoiy tarmog‘ida xabarnoma joylashtirdi, unda u ko‘plab hamkasblarini ikkiyuzlamachilikda ayblagan edi.
Anfisa Chexova hamkasblarini ikkiyuzlamachilikda aybladi
Anfisa, ko‘plab boshqa mahalliy shou-biznes yulduzlari kabi, ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisidir. U yerda ular o‘z muxlislari bilan suhbatlashadi va hayotlari haqida yangiliklarni aytishadi. Bir kuni Chexova ko‘plab mashhur odamlar muxlislarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, ularni xursand qilish uchun astoydil harakat qilishayotganini payqab qoldi.
Anfisa Chexova hamkasblarini ikkiyuzlamachilikda aybladi
\"Ijtimoiy tarmoqlardagi yulduzlar o‘zlarining muxlislariga aytadigan \"Mening quyoncham, mushukcham, sizlarsiz yashay olmayman\" degan gaplari haqiqatdan ham ko‘pchilikka yoqadimi? Bu holat menga ikkiyuzlamachilik qilgandek bo‘lib tuyulaveradi. \"Sizlar uchun kuylayman. Sizlar uchun raqsga tushaman\" deb aytiladigan gaplari aslida yolg‘on! Kimki ashula kuylasa yoki raqsga tushsa, albatta o‘zi uchun qiladi. Shu orqali tirikchilik qiladi\", - deb ta’kidladi Chexova o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Umida
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.