Rashid Holiqov rafiqasiga BMW X7, keliniga Malibu sovg‘a qildi (video)

Rashid Holiqov rafiqasiga BMW X7, keliniga Malibu sovg‘a qildi (video)
Foto: Instagram / @rashidkhalikov
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Holiqov 4 yanvar kuni bobo bo‘ldi. Uning ikkinchi o‘g‘li Islom o‘g‘il farzand ko‘rdi.

Emin deb ism qo‘yilgan chaqaloq 7 yanvar kuni tug‘ruqxonadan olib chiqildi. Shu munosabat bilan Rashid Holiqovning xonadonida katta tantana tashkil etildi. Xonandaning Instagram’dagi stories va jonli efiridan tantanaga juda ko‘p mehmon, xususan, aksariyat shou-biznes vakillari tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.

Rashid Holiqov o‘g‘il nabirani dunyoga keltirgan kelini Fayruzaga Malibu Turbo, rafiqasiga esa BMW X7 avtomobilini sovg‘a qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.