Parizoda va qizining raqsi, Sardor Mamadaliyevdan «Sohibqironim bor mani». Mashhurlar karantinda (video)

O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslik harakatida. 12 aprel, yakshanba kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq videolar joylashdi.
Xonanda Sardor Mamadaliyev Komiljon Otaniyozovning «Sohibqironim bor mani» deb nomlangan taronasidan bir shingil kuylab, sahifasiga joyladi.
Raqqosa Parizoda qizalog‘i E’zozaxon bilan birgalikda Ozodbek Nazarbekovning «Xafa bo‘laman» deb nomlangan taronasiga raqsga tushdi.
Xonanda Aziza Nizomova ham O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq» deb nomlangan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi.
Xonanda Mashhurbek Raimjonov «Sinfdosh qiz» deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi. Muxlislar esa ushbu qo‘shiqqa videoklip suratga olish haqida takliflarini yozib qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xonanda Sardor Mamadaliyev Komiljon Otaniyozovning «Sohibqironim bor mani» deb nomlangan taronasidan bir shingil kuylab, sahifasiga joyladi.
Raqqosa Parizoda qizalog‘i E’zozaxon bilan birgalikda Ozodbek Nazarbekovning «Xafa bo‘laman» deb nomlangan taronasiga raqsga tushdi.
Xonanda Aziza Nizomova ham O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning «Lola, lolajonim, lolaqizg‘aldoq» deb nomlangan she’rini o‘qib, sahifasiga joyladi.
Xonanda Mashhurbek Raimjonov «Sinfdosh qiz» deb nomlangan qo‘shig‘ini jonli ijroda kuylab berdi. Muxlislar esa ushbu qo‘shiqqa videoklip suratga olish haqida takliflarini yozib qoldirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













