Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)

Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Priyanka ilk bora rejissyor Atli Brarning «Good Night Princess» filmi uchun shartnoma imzolagan. Bu 2000 yilda «Dunyo go‘zali» bo‘lishidan avvalroq sodir bo‘lgan. U bir oy mobaynida suratga tushgan, so‘ngra tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, yana filmda ishlashni davom ettirgan.

Ammo kartina ekran yuzini ko‘rmadi. Chunki prodyuserlar uni yakunlash uchun imkon topa olmagan. 2001 yilda Aziz Mirzo filmi uchun ham kelishuvlar bo‘lgan, ammo uning loyihasi ham to‘xtatilgan. Oxir-oqibat 2002 yilda «Thamizhan» filmida debyut qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Ishonish qiyin, ammo Priyankaning «Bulutlar ustidagi muhabbat» debyut filmi namoyish etilishidan avval «Qahramon: ayg‘oqchining sevgi hikoyasi» filmida ham ishtirok etgan.

Chopraning ota-onasi hind armiyasida shifokor bo‘lgan. Shuning uchun ham ular nafaqat Hindistonda, balki AQSHda ham yashashiga to‘g‘ri kelgan. Priyanka Ayova, Massachusets va Nyu-Yorkda yashagan. Amerika maktablarida o‘qiyotganida aktrisa terisining rangi tufayli sinfdoshlari tomonidan ko‘p bora tanqidga uchragan.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Priyanka juda yaxshi kuylaydi va ilk marotaba «G‘oliblik uchun tug‘ilgan» filmida qo‘shiq ijro etgan. Keyinchalik u o‘zining qobiliyatidan foydalanib, bir qancha taronalarini taqdim etgan.

Priyanka Chopra Bollivudda salbiy rollarning eng yaxshi ijrochisi sifatida tan olingan ikkinchi aktrisadir. U Filmfare Awards mukofotini «Qarama-qarshilik» filmidagi ijrosi uchun olgan. Ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘lgan yana bir aktrisa – Kajol edi.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Shuningdek, Priyanka Chopra dunyo bo‘ylab mashhur «Maksim» jurnalining hind nashrida namoyish etilgan birinchi aktrisa bo‘lgan.

Aktrisa Sasseks gersoginyasi Megan Marklning eng yaqin dugonasi. Ular 2016 yilda har yili o‘tkaziladigan Elle Women in television marosimida uchrashgan va shundan buyon juda yaxshi dugonalardir. Priyanka 2018 yil may oyida Megan hamda shahzoda Garrining nikoh marosimida ishtirok etgan.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Priyanka shirinliklarni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun hamisha yonida konfetlar olib yuradi. Shuningdek, gamburger, kartoshka fri va tanasko sousini sevib iste’mol qiladi.

Priyankaning o‘ng bilagida otasining yozuvi bilan «Dady lil girl» tatuirovkasi bor. U buni 2012 yilda otasining saraton kasalligi tufayli vafot etmasidan bir yil avval yozdirgan.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Priyankaning uchta amakivachchasi bor – ular aktrisalar — Pariniti, Mira va Mannar Chopralar.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
2017 yilda Chopra nufuzli Dadasaxeba Falke akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Chopra Instagram’da bosh vazir Narendra Modi va Amitabh Bachchandan ham kuzatuvchilari ko‘p bo‘lgan mashhur shaxs hisoblanadi.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
2006 yilda Spin Master Toys UK o‘yinchoq kompaniyasi Priyanka Chopra nomi va qiyofasi asosida moda qo‘g‘irchog‘ini yaratgan. Qo‘g‘irchoqlar hindlarning an’anaviy libosida bo‘lib, juda noyob kolleksiya hisoblanadi.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Uning to‘rt qirotli uzugi 200 ming dollar qiymatga ega.
Megan Marklning eng yaqin dugonasi Priyanka Chopra haqidagi qiziqarli ma’lumotlar (foto)
Foto: «Yandeks Dzen»
Uning sevimli filmlari «Jerri Maguayer», «Tiffanidagi nonushta», «Men sevganman», «Chiroyli ayol» va «Bulutlarda sayr»dir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.