O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida yana uylandi

O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon 73 yoshida yana uylandi
Foto: «Daryo»
O‘zbekiston xalq artisti, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi. Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, to‘y 22 mart kuni Buxoro shahridagi «Tojimahal» to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan hamda shu kuni aktyorning muchal to‘yi ham nishonlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ubaydullo Omon Buxoro shahar Xalq ta’limi bo‘limi ingliz tili metodisti va shahardagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi 44 yoshli Nilufar Sherovaga uylangan. O‘zbekiston xalq artisti Nilufar Sherovaning ilk turmushi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati musiqali drama teatri rejissyori Ubaydulla Omon birinchi turmush o‘rtog‘i Matluba Farmonova bilan 51 yil baxtli hayot kechirgan bo‘lib, u 2018 yilda vafot etgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.