Lyuk Besson: Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari yosh kinoijodkorlarni qo‘llab -quvvatlashga qaratilgan

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilgan ijodiy uchrashuvda jahonga mashhur rejissyor Lyuk Besson O‘zbekistonda yoshlarning kino iste’dodini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi bo‘yicha fikr bildirdi.
«O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda», — dedi Lyuk Besson.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan «Kino 5 kunda» yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlar shaxsan afsonaviy Lyuk Besson tomonidan topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Kino 5 kunda» tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf -odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«O‘zbekiston yoshlari juda omadli, chunki ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh kinoijodkorlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda», — dedi Lyuk Besson.
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida o‘tkazilayotgan «Kino 5 kunda» yoshlar dasturi ishtirokchilariga sovg‘a va diplomlar shaxsan afsonaviy Lyuk Besson tomonidan topshirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Kino 5 kunda» tanlov dasturi qisqa metrajli formatda suratga olingan milliy filmlarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirdir. Tanlov ishtirokchilariga qisqa muddat berilgan, shu vaqt ichida ular O‘zbekistonning bir qancha shaharlarida o‘zbek urf -odatlari, madaniyati va tarixi bilan bog‘liq filmlarni suratga olishlari kerak.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













