Professional boks. Madrimovning vaznida mutlaq jahon chempioni nomi aniqlandi (video)

Professional boks. Madrimovning vaznida mutlaq jahon chempioni nomi aniqlandi (video)
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) barcha 4 yo‘nalishda kamarlar tikilgan jangda Jermell Charlo va Brayan Kastano bahs olib bordi.

Ushbu to‘qnashuvning 10-raundiga kelib Charlo muddatidan oldin g‘alaba qozondi va o‘z vaznida mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, agarda Isroil Madrimov Mishel Soro bilan ikkinchi jangda g‘alaba qozonsa, Charloning WBA kamariga majburiy da’vogarga aylanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.