Messi: "Benzemaning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga hech qanday shubha yo‘q"

PSJ hujumchisi Lionel Messining fikricha, Karim Benzema \"Oltin to‘p\"ni qo‘lga kiritishga loyiq.
\"Menimcha, sovrin kimga topshirilishi borasida hech qanday shubha yo‘q. Benzema mavsumni ajoyib o‘tkazgani, Chempionlar ligasida g‘alaba qozongani, turnirning barcha pley-off o‘yinlarida asosiy vazifani bajargani bilan bunga loyiq ekanligini isbotladi.
O‘ylaymanki, joriy yil uning \"Oltin to‘p\"ni qo‘lga kiritishiga hech qanday shubha yo‘q\", - dedi parijliklar forvardi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi \"Oltin to‘p\"ni topshirish marosimi 17 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar 12 avgust kuni e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!\"Menimcha, sovrin kimga topshirilishi borasida hech qanday shubha yo‘q. Benzema mavsumni ajoyib o‘tkazgani, Chempionlar ligasida g‘alaba qozongani, turnirning barcha pley-off o‘yinlarida asosiy vazifani bajargani bilan bunga loyiq ekanligini isbotladi.
O‘ylaymanki, joriy yil uning \"Oltin to‘p\"ni qo‘lga kiritishiga hech qanday shubha yo‘q\", - dedi parijliklar forvardi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi \"Oltin to‘p\"ni topshirish marosimi 17 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar 12 avgust kuni e’lon qilinadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













