Shukurov oʻynagan uchrashuvda "Fatix Karagyumryuk" yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi

Shukurov oʻynagan uchrashuvda "Fatix Karagyumryuk" yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi
Turkiya chempionati 3-turidan oʻrin olgan \"Beshiktosh\" - \"Fatix Karagyumryuk\" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar yirik 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Ayni vaqtda Pirlo boshchiligidagi jamoa Turkiya chempionati 3 turidan soʻng birorta ham ochko toʻplay olmay, turnir jadvalida 18-oʻrinda bormoqda. 7 ochkosi bor \"Beshiktosh\" 2-pogʻonani band etgan.

Qayd etish lozim, legionerimiz Otabek Shukurov mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

\"Beshiktash\" — \"Fatix Karagumruk\" 4:1
Gollar
: Vegxorst (17), N\'Kudu (34), Muleka (50), Roze (90) — Diane (53)
\"Beshiktosh\": Ersin, Roze, Nedjip, Saiss, Masuaku, Berkay, Salix, Gedson, N\'Kudu, Muleka, Vegxorst.
\"Fatix Karagumruk\": Viviano, Levent Merkan, Biraski, Dreshevich, Burak, Djaner, Shukurov, Ozdoev, Axmed Musa, Borini, Diagne.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.