Bokschilarimiz xalqaro turnirda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Bokschilarimiz xalqaro turnirda 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
30 avgust - 3 sentabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida boks bo‘yicha xalqaro musobaqa tashkil etildi.

Qozoq boksi asoschilaridan biri Shokir Boltekuli xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda Qozog‘iston, Tailand, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston mamlakatlaridan 130 nafar bokschi ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, vakillarimiz 6 ta medal, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘ldilar:

Oltin:
-86 kg: Timur Merjanov
-92 kg: Nusratbek Toxirov

Kumush:
-51 kg: Foziljon Abdumurodov
-92 kg: Abdulla Rajabov

Bronza:
-48 kg: Nodirjon Mirzaxmedov
-67 kg: Bekzod Hamidov

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.