Dzyudo. Toshkentda o‘tgan jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunladik

Dzyudo. Toshkentda o‘tgan jahon chempionatini tarixiy natija bilan yakunladik
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini yakkalik bellashuvlarida uchinchi o‘rinda yakunladi.

Davlat Bobonov (-90 kg) va Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) qo‘lga kiritgan oltin medallar evaziga birinchi bor dunyo birinchiligini umumjamoa hisobida kuchli uchlikda tugatdik.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha TOP-5:

1. Yaponiya 5 ta oltin, 4 ta kumush, 3 ta bronza;
2. Braziliya 2 ta oltin 1 ta kumush 1 ta bronza;
3. O‘ZBЕKISTON 2 ta oltin;
4. Mog‘uliston 1 ta oltin 1 ta kumush 1 ta bronza;
5. Xorvatiya 1 ta oltin 1 ta kumush.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, sportchi va murabbiylar, bu yo‘lda mehnat qilgan boshqa barcha mutaxassislar va millionlab yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.