Ispaniya Primerasi, 36-tur: "Real" "Real Sosedad"ni mag‘lub etib, Primerada 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Ispaniya Primerasi 36-turida \"Real Sosedad\" o‘z maydoni \"Anoeta\"da Madridning \"Real\"ini kutib oldi. Uchrashuv madridliklarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

\"Real\" etakchilari Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema jarohatlari tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordilar. Uchrashuvdagi yagona golni 80-daqiqada Garet Beyl kiritdi.

\"Real\" 84 ochko to‘plab, \"Atletiko\" va \"Barselona\"ni 2 ochko ortda qoldirib, musobaqa jadvaliga boshchilik qilmoqda. Biroq \"matraschilar\" va kataloniyaliklar hali o‘z uchrashuvlarini o‘tkazmadilar. \"Real Sosedad\" 42 ochko bilan 11-o‘rinni egallamoqda.

Ispaniya Primerasi. 36-tur
Real Sosedad – Real Madrid – 0:1
Gol: Beyl, 80 (0:1).

Manba: Kun.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.