Torres: «Atletiko» futbolchilari EChL finali uchun borini berishga tayyor


“Atletiko” jamoasi hujumchisi Fernando Torres “Bavariya”ga qarshi EChL yarim final javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar bermoqda.
“Bavariya” joriy mavsumda biz to‘qnash kelgan eng kuchli raqib, lekin biz taslim bo‘lmaymiz. EChL finali uchun jamoaning har bir futbolchisi borini berishga tayyor. Eng asosiysi – biz kuchli tomonlarimizni bilamiz va istagan raqibni mag‘lubiyatga uchrata olamiz.
“Atletiko” mavsum davomida deyarli har bir o‘yinda gol uryapti. “Bavariya”ga qarshi o‘yinda ham shuni amalga oshirishimiz kerak”, – deydi Torres.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” – “Atletiko” uchrashuvi bugun, 23:45 da boshlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













