Rasman! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi

Rasman! "Nasaf" sobiq futbolchisini ortga qaytardi
Shuhrat Muhammadiyev \"Nasaf\" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Shuhrat Muhammadiyev 2013-2016 yillar “ajdarlar” bilan to‘rt marotaba chempionatning bronza medallarini, bir marta O‘zbekiston kubogi va bir marta O‘zbekiston superkubogini qo‘lga kiritgan. Shundan so‘ng Muhammadiyev faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” va Navoiyning “Qizilqum” jamoalarida davom ettirib, yana “Nasaf”ga qaytdi.

\"O‘z uyingga xush kelibsan, Shuhrat!\", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.

Biroz avval bu transfer haqida saytimiz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘z \"telegram\" kanali orqali ma’lum qilgandi.

Manba: “Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.