Xanchjou-2022. Nodirbek Abdusattorov kumush, Javohir Sindorov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xanchjou-2022. Nodirbek Abdusattorov kumush, Javohir Sindorov bronza medalini qo‘lga kiritdi

Xitoyning Xanchjou shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Osiyo o‘yinlari doirasidagi shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov vetnamlik Tuan Leiga qarshi dona surdi. Qiziqarli kechgan bahsda vakilimiz g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz 9-turni muvaffaqiyatli yakunladi.

Shu tariqa, shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham delegatsiyamiz hisobiga qo‘shaloq medallar taqdim qildi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov 7 ochko bilan kumush, Javohir Sindorov esa 6.5 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.