Entoni Joshua Otto Vallinni muddatidan avval mag‘lub etdi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida 23 dekabr tunida boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Oqshomning asosiy jangi Entoni Joshua hamda Otto Vallin o‘rtasida kechdi.
Beshta raundda ustunlik qilgan Joshua Vallin ustidan texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Ottoning burchagi beshinchi raunddan so‘ng jangni davom ettirmasligini bildirdi.
Entoni Oleksandr Usikka qarshi ikkita jangdagi mag‘lubiyatdan so‘ng ketma-ket uchinchi jangida muvaffaqiyatga erishmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













