Suriyaga qarshi o‘yin uchun futbolchilarimizga necha balldan qo‘yildi?

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining ilk turida Suriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va durang natija qayd etdi.
Sofascore portali mazkur o‘yin uchun futbolchilarimizga o‘z baholarini berdi. Jumladan, eng yaxshi ko‘rsatkich Rustam Ashurmatovga nasib etdi, ya’ni himoyachimiz 7,7 ballga loyiq ko‘rildi.
Eng past ko‘rsatkich esa Hojiakbar Alijonov, Hojimat Erkinov va Oston O‘runovlarga qo‘yilgan. Ularning har biri 6,7 ballga baholangan. Biroq dastlabki ikki futbolchi birinchi bo‘lim yakunlanganidan so‘ng zahiraga olingan edi.

Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













