Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun guruhdan nechanchi o‘rinda chiqish qulay?

Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi uchun guruhdan nechanchi o‘rinda chiqish qulay?

Hindistonga qarshi o‘yindagi g‘alaba tufayli O‘zbekiston o‘z ochkolarini 4 taga yetkazib oldi hamda «B» guruhida kuchli uchlikda bo‘lishni kafolatladi. 24 jamoa ishtirok etayotgan turnirda, odatda, guruhda 4 ochko to‘plagan jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

Biz esa 3-o‘rin haqida zinhor o‘ylamasligimiz kerak. Boisi, \"B\" guruhida 3-o‘rinni egallagan jamoa nimchorak finalda \"C\" yoki \"D\" guruhi g‘olibi bilan to‘qnash keladi. Ko‘p ehtimol bilan bu — Eron yoki Yaponiya bo‘ladi. Buni Suriya ham tushunib turibdi. Ular so‘nggi turda O‘zbekistonning mag‘lubiyatini kutgan holda, Hindiston darvozasiga kamida 4 ta gol urishga harakat qilishadi. Bunga shubha yo‘q.

Biz guruhda 1 yoki 2-o‘rinni egallash haqida o‘ylaganimiz yaxshi. 23 yanvar kuni Avstraliyani mag‘lub etsak, guruh g‘olibi bo‘lamiz, durang esa bizga 2-o‘rinni kafolatlaydi.

Guruhdagi o‘rnimizga qarab pley-offda qaysi jamoa(lar)ga to‘qnash kelishimiz mumkinligini tahlil qilib ko‘ramiz.

A) Guruhda 1-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — \"A\", \"С\" yoki \"D\" guruhida 3-o‘rinni band etgan klublardan biriga qarshi maydonga chiqamiz. Agar reyting asosida olib qaraydigan bo‘lsak, bu — Livan, Falastin yoki Vetnam bo‘lishi mumkin. O‘rtachadan sal pastroq jamoalar.

Chorak finalda esa 1/8 finalda \"F\" guruhida 1-o‘rin / \"E\" guruhi 2-o‘rin g‘olibi bilan to‘qnash kelamiz. Bu, ko‘p ehtimol bilan Saudiya Arabistoni / Iordaniya bo‘ladi.

Yarim finalda esa katta ehtimol bilan Yaponiya raqibimiz bo‘ladi.

B) Guruhda 2-o‘rinni egallasak:

Nimchorak finalda — \"F\" guruhida 2-o‘rinni band etgan klubga qarshi maydonga chiqamiz. Katta ehtimol bilan, bu — O‘mon yoki Tailand bo‘ladi.

Chorak finalda esa Qatarga qarshi maydonga chiqish ehtimolimiz yuqori. Bu jamoa nimchorak finalda guruhlarda 3-o‘rinni egallagan jamoalardan biriga qarshi maydonga chiqadi.

Bu yo‘ldan yarim finalga ko‘p ehtimol bilan Janubiy Koreya yoki Eron chiqib keladi.

Xo‘sh, qaysi variant sizga ma’qulroq ko‘rinyapti? A yoki B variant?

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.