Oʻzbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi

Oʻzbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi
Foto: Uzbekistan Airports
Oʻzbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi jamoasi samolyotni 100 metrdan ortiq masofaga sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi. Bu haqda Guinness World Records e'lon qildi.
Oʻzbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi
Qayd qilinishicha, sportchilar jamoasi ogʻirligi 13,5 tonna boʻlgan ATR-72 rusumidagi samolyotni 100 metr masofaga 46,7 soniyada tortib borgan. Rekord 2024 yil 15 may kuni Toshkent xalqaro aeroportida oʻrnatilgan.
Oʻzbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi
Tadbirda Ginness rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi ishtirok etgan.

Ta'kidlanishicha, rekord birinchi urinishdayoq oʻrnatilgan. Ginness rekordlar kitobi talabi 60 soniya boʻlgan, biroq, sportchilar ancha yaxshi natijani koʻrsatishgan.
Oʻzbekistonliklar samolyotni sudrash tezligi boʻyicha Ginness rekordini oʻrnatdi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.