«Borussiya» «Siti»ni engib, «MYu»ga minnatdorchiligini izhor etmoqchi


Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasi «Manchester Yunayted»ga EChLning guruh bosqichi «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuv arafasida minnatdorchilik bildirdi.
«Manchester Yunayted»ga ular bizga mashg‘ulot uchun maydondan foydalanib turish imkoniyatini taqdim etgani uchun rahmat.
Biz «Siti»ni engib, o‘z minnatdorchiligimizni ifodalashga harakat qilamiz», — deya yozilgan nemislar jamoasining rasmiy tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, 13 sentyabr oqshomida o‘tkazilishi belgilangan «Siti» — «Borussiya» bahsi noqulay ob-havo sharoiti tufayli 14 sentyabrga ko‘chirildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













